Arteta Edegorning jarohati haqida gapirdi

Alisher
9 apr 2021, 17:16
"Arsenal"ning ispaniyalik bosh murabbiyi Mikel Arteta norvegiyalik xavbek Martin Edegor haqida gapirdi.

"Edegorning qancha muddatga safdan chiqqani hali aniq emas. Martin allaqachon Yevropa Ligasining chorak final ilk o'yinini o'tkazib yubordi. U yaqin ikki bahsda harakat qilmaydi deb o'ylayman", - deydi mutaxassis.

Edegor "kanonirlar" tarkibida ijara asosida o'ynaydi. Uning transfer huquqi Madridning "Real" klubiga tegishli.

Futbolchi joriy mavsum "Arsenal" safida 13ta o'yinda maydonga tushib,  2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal