

"Bukayo Saka "Tottenxem"ga qarshi o'yinni davom ettira olmadi. Hozircha uning holati haqida aniq gap ayta olmayman. Barchasi chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan keyin ma'lum bo'ladi. Martin Edegor hozircha jamoaga yordam bera olmaydi.
Shuningdek, APL oxirgi turi doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi o'yinni jarohat sabab Mikel Merino, Rikkardo Kalafori, Aleksandr Zinchenko va Takexiro Tomiyasu o'tkazib yubordi.
Eslatib o'tamiz, payshanba kuni "kanonirlar" YCHL doirasida "Atalanta" bilan kuch sinashadi.



