Arshavin otib yuborgan medal Internetda sotilmoqda

Aslanov Jasurbek
26 noya 2016
"Qayrat" hujumchisi Andrey Arshavinning Qozog'iston Kubogidagi kumush medali Internetda sotilyapti.

"Astana"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, rossiyalik o'z medalini tribunadagi muxlislar tomon otgan edi. O'yinchining sovrinini talaba Qaynar Gabbasov tutib olgan va uni Internetda sotmoqda.

Bu Qozog'istonda sovrinlar sotilishi bo'yicha birinchi holat emas. 2015 yilda Karagandaning "Shaxtyor" klubi 2011 yilda qo'lga kiritgan chempionligi uchun topshirilgan oltin medal Internetda sotilgan. Noma'lum sotuvchi ushbu medal uchun 615 evro talab qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: vesti.kz