Arshavin eng esda qolarli o'yinlari safiga "Liverpul"ga qarshi bahsni kiritmadi

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2017, 14:57
"Qayrat" yarim himoyachisi Andrey Arshavin Olma-Ota klubi akademiyasi o'quvchilari bilan uchrashganda faoliyatidagi eng esda qolarli uchta o'yin haqda gapirib berdi.

"Men ajratib ko'rsatadigan uchrashuvlar bu - Yevropa chempionatidagi Rossiya - Gollandiya, "Zenit" UEFA Kubogida g'olib bo'lishi va Rossiya terma jamoasining "Lujniki"da Angliyani taslim etishi" - deydi Arshavin.

2007 yilda rossiyaliklar Evro-2008 saralashida "Lujniki" stadionida Angliyani mag'lubiyatga uchratishgan (2:1), keyin esa Yevropa chempionati chorak finalida Gollandiyaga imkon qolidirishmagan (3:1). Arshavin uchrashuvda urilgan gollarning biriga mualliflik qilgan. O'sha yili "Zenit" UEFA Kubogi finalida "Glazgo Reynjers"ni 2:0 hisobida mag'lub etgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com