"Arsenal" dunyo rekordini o'rnatadimi?

Alisher
18 avg 2021
"Arsenal"ning nishonida bo'lib turgan "Sheffild Yunayted" darvozaboni Aaron Ramsdeylni hozirgi klubi 117 mln evroga baholamoqda.

Dastlab "kanonirlar" murabbiyi Mikel Arteta "Ayaks"dan Andre Onananing transferiga qiziqish bildirgandi, ammo u futboldan chetlatildi.

Eslatib o'tamiz, "kanonirlar" APLning yangi mavsumidagi ilk o'yinda "Brentford"ga 0:2 hisobida yutqazib qo'yishdi. 

Ma'lumot uchun, hozirgi kunda darvozabonlar orasida eng qimmat transfer Kepaning "Atletik"dan "Chelsi"ga o'tishi bo'lib turibdi. London klubi posbon uchun 80 million evro evaziga sotib olgandi.


AlisherMuallif
Manba: Football London