"Arsenal" yana g'alaba qozondi, bu safar Jiru gol urdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
15 iyul 2017, 17:49
Yevropa jamoalari 2017-2018 yilgi mavsumga tayyorgarlikni olib borishmoqda.

Londonning "Arsenal" klubi biroz avval nihoyasiga etgan o'rtoqlik o'yinida Avstraliyaning "Vestern Sidney Uonderers" jamoasini 3:1 hisobida taslim etdi. Londonliklar safida bu safar hujumchilardan Olive Jiru gol urdi, oldingi o'yinda Lakazett to'p kiritgan edi. "To'pchilar"da hujumchilar raqobati boshlanib ketdi.

O'rtoqlik uchrashuvi
Sidney, 15.07.2017


"Vestern Sidney Uonderers" - "Arsenal" 1:3
Gollar:
Lushtica 57 - O.Jiru 33, A.Remzi 37, Elneni 44

"Arsenal": Ospina (Martines, 46), Koselni (Mertesaker, 66), Monreal (Ozil, 66), Elneni, Meytlend-Naylz (Belik, 66), Jaka (Kolashinac, 66), Remzi (Koklen, 66), Oksleyd-Chemberlen (Nketia, 66), Ivobi (Nelson, 66), Lakazett (Uelbek, 66), Jiru (Uillok, 66).


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Squawka