

Shu sababli Arsenal Sporting hujumchisi Viktor Gekeres bilan shartnoma tuzishni reja qilgan. To'pchilar futbolchining agenti bilan uchrashishgan va allaqachon Sporting vakillari bilan transfer bo'yicha aloqaga chiqishdi. London klubi 26 yoshli futbolchining transferi uchun 70 million funt atrofida to'lashga tayyor.
Ma'lumot uchun, Arsenal o'tgan mavsum ham Viktor Gekeresga taklif bilan chiqqandi. O'shanda Portugaliya jamoasi londonliklarning 55 million funtlik taklifini qabul qilmagandi.
Eslatib o'tamiz, Shved o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 43 ta gol va 16 ta golli uzatma bor.



