"Arsenal" va "Barselona" sobiq yarim himoyachisi Song faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
15 noya 2023, 13:29
Futbolchi professional darajada 400 dan ortiq o'yin o'tkazdi.

Mashhur yarim himoyachi Aleks Song professional faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.

Song faoliyatini "Bastiya"da boshlagan va "Arsenal"da nom qozongan. U London klubida 2005-12 yillar davomida 206 ta bahsda maydonga tushib, 10 ta gol urgan. 2012 yilda "Barselona" tayanch yarim himoyachisini 19 million evroga sotib olgan, Aleks u yerda Ispaniya chempioni va Ispaniya Superkubogi g'olibi bo'lgan.

Aleks faoliyati mobaynida "Rubin", "Charllton", "Vest Xem" va "Son" klublari sharafini ham himoya qilgan.

Song Kamerun terma jamoasi tarkibida 49 ta o'yinda qatnashgan. Milliy terma jamoa bilan 2008 yilda Afrika Millatlar Kubogida kumush medalni qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun