"Arsenal" Ukraina terma jamoasi hujumchisiga shartnoma tayyorlamoqda

Alisher
28 iyun 2021, 18:01
"Arsenal" "Gent" hujumchisi Roman Yaremchuk bilan shartnoma imzolamoqchi.

London klubi futbolchi uchun Belgiya klubiga 25 million evro to'lashga tayyor.

Futbolchiga shuningdek "Milan", "Roma" va Germaniyaning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. Yaremchukning "Gent" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

Hujumchi o'tgan mavsum Belgiya chempionati doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Voetbal Belgie