"Arsenal" "Real"ning yana bir futbolchisini ko'zlab turibdi

Omonjon To`xtamirzayev
13 mar 2023, 11:31
"Arsenal" ispaniyalik futbolchini yozda Angliyaga olib kelmoqchi.

"Kanonirlar" avvalgi mavsumdan buyon vingerning o'yinini kuzatib kelishadi va uni avvalroq qo'lga kiritish niyatida edilar. Ammo endi ular bitimni yozda imzolashni ko'zlab turishibdi. Futbolchi va Madrid o'rtasidagi shartnoma yozda nihoyasiga etadi va hozircha tomonlar uni uzaytirish borasida kelisha olishmayapti. "Madrid" taklif qilgan maosh Markoga maqul kelmagan. London klubidagilar esa ispaniyalik jamoa o'yin uslubiga ideal ravishda mos tushishiga ishonishmoqda.

Eslatib o'tamiz, yaqin o'tmishda "Real" futbolchisi bo'lgan Martin Edegor bugungi kunda "kanonirlar" yetakchisi hisoblanadi. Avvalroq Dani Sebalos ham aynan "Arsenal"da ijara asosida to'p tepgan va keyin Ispaniyaga qaytgandi.  

Shuningdek, Asensio xizmatlariga "Milan", "Inter", "Yuventus" va "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fichajes.net