"Arsenal" rahbarlari aeroportda mushtlashishdi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2016, 18:45
"Domodedovo" aeroportida Tulaning "Arsenal" klubi rahbarlari o'rtasida janjal yuzaga keldi.

Murabbiy Sergey Jukov va selekciya ishlari bo'yicha klub prezidenti maslahatchisi Dmitriy Ageev mushtlashib ketishdi.

Voqea "Krasnodar"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng sodir bo'ldi. Jukov va Ageev o'rtasidagi mushtalshuv so'kinishlardan keyin boshlandi.

"Arsenal" o'rtoqlik uchrashuvida "Krasnodar"ga 0:4 hisobida mag'lub bo'lgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com