"Arsenal" O'zilni okeanortiga yubormoqchi

11 okt 2020, 00:50
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati yarim himoyachi Mesut O'zil bilan xayrlashishni istayapti.

Takidlanishicha, "to'pchilar" germaniyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Boisi shundaki, londonliklar O'zilga haftasiga 350 000 funt maosh to'lamoqchi emas. Futbolchining o'zi esa kelishuvni bekor qilish uchun ushbu mavsum davomida olishi kerak bo'lgan 13 mln funt miqdoridagi mablag' to'lanishini talab qilyapti.

O'zil bilan muzokaralarda bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka uchragan "Arsenal" 31 yoshli futbolchini MLS klublaridan biriga sotishga umid qilyapti. Ma'lumot uchun, okeanortida transfer oynasi 29 oktyabr sanasida yopiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports