"Arsenal" Obameyangni 55 million evro evaziga sotishga tayyor?!

Alisher
18 mar 2020, 11:31
"Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyang faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Londonliklar gabonlik futbolchining sotuvidan kamida 55 million evro ishlab olishmoqchi. "Barsa" esa muzokaralar davomida bu narxni tushirmoqchi.

Kataloniyaliklar yanvar oyi oxirida Obameyang borasida suhbat olib borgan, ammo "Arsenal"dan rad javobini olgandi.

Angliyaliklar Chempionlar Ligasiga chiqa olmaslik ortidan uni sotishga majbur bo'lishlari mumkin. Obameyangning variantini "Barselona" rahbariyati maqullaydi.

Hujumchi joriy mavsum APLda 26ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 1ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es