“Arsenal” Obameyang bilan muzokara olib bormoqda

13 okt 2019, 07:57
Londonning “Arsenal” klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Per-Emerik Obameyang bilan amaldagi shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirish niyatida.

Tomonlar muzokarani boshlashdi, deya xabar bermoqda La Gazetta dello Sport jurnalisti Nikolo Skira o'zining Tvittyerdagi sahifasida.

Obameyang 2018 yildan buyon “Arsenal” safida to'p tepib kelmoqda. Ilgariroq u “Borussiya “(D), “Sent-Eten”, “Monako”, “Lill” “Dijon”, “Milan” klublari sharafini himoya qilgan. 30 yoshli futbolchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Joriy mavsumda Per-Emerik APLning 8 ta uchrashuvida 7 ta gol urishga erishdi. Shuningdek, Yevropa ligasi bahslarida ikkita o'yinda maydonga chiqib, 1 ta gol urdi. Sentyabr oyi yakunlariga ko'ra u APLning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com