"Arsenal" Mxitaryanni sotishga tayyor

Alisher
4 may 2020
"Arsenal" 31 yoshli xavbek Genrix Mxitaryanni sotib yuborishga tayyor.

Armaniston terma jamoasi futbolchisi ayni damda u bilan to'laqonli shartnoma imzolashga harakat qilayotgan "Roma" jamoasida ijara asosida o'ynamoqda.

Londonliklar armanistonlik futbolchi uchun 10 million funt sterling miqdorida mablag' so'rashmoqda.

Mxitaryan joriy mavsum "Roma" libosida A Seriyada 13ta o'yin (8tasi asosiy tarkibda)da maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Mirror