"Arsenal" muxlislari uchun xushxabar! Arteta Saka jarohatdan qaytayotganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025, 17:06
"Arsenal" vingeri Bukayo Saka tez orada safga qaytadi.

Angliyalik futbolchi dekabr oyida sonidan jarohat olib safdan chiqqan edi. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaning so'zlariga ko'ra, futbolchi qaytishga yaqin.

"Xalqaro tanaffusdan keyin u qanday holatda bo'lishini ko'ramiz. U o'zini juda yaxshi his qilmoqda va qaytishga tayyor. U bir necha hafta ichida qaytishiga ishonamiz", – dedi Arteta.

Bukayo Saka joriy mavsum “Arsenal” safida 24 o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Xalqaro tanaffus oldidan Arteta jamoasi PSV va “Chelsi”ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com