

Buni "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta matbuot anjumanida tasdiqladi.
"Ular bunga loyiq. "Liverpul" ushbu mavsumdagi eng yaxshi jamoa edi. Murabbiylar shtabining faoliyatini takidlash kerak, bu sport.
Qachonki kimdir sendan yaxshi bo'lsa, uni hurmat qilishing kerak", - dedi Arteta matbuot anjumanida.
Mersisayd klubi APLning 36-turida London jamoasini qabul qiladi. Arne Slot boshchiligidagi "Liverpul" APL chempionligini muddatidan oldin qo'lga kiritdi. "Arsenal" esa 2-o'rinda bormoqda.



