"Arsenal" Jakani Angliyadan tashqaridagi jamoaga berib yubormoqchi

Mirjalol Normatov
17 noya 2019, 11:35
"Arsenal" rahbariyati yarim himoyachi Granit Jakani Angliyadan tashqaridagi jamoalarga berib yuborishni ko'zlamoqda.

Qayd etish kerak, "kanonirlar" futbolchini o'zining sobiq jamoasi Menxengladbaxning "Borussiya"siga berib yuborib, o'rniga 22 yoshli xavbek Denis Zakariyani transfer qilishmoqchi.

Jaka 2016 yili "Arsenal"ga aynan menxengladbaxliklar tarkibidan ko'chib o'tgandi. Muxlislar bilan sovuq munosabati tufayli bosh murabbiy uni maydonga tushirmayapti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror