"Arsenal" hujumchisi "Galatasaroy"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 dek 2018, 11:44
"Arsenal" rahbarlari jamoa hujumchisi Denni Uelbek bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.

"Mirror" xabariga ko'ra, "kanonirlar" forvardiga "Galatasaroy" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Ular futbolchi bilan yozda shartnoma imzolashmoqchi.

Ayni damda 27 yoshli Uelbek to'pig'idan olgan jarohatini davolash bilan band. U ikkita xirurgik jarrohlik amaliyotini o'tkazib bo'ldi.

Bu mavsumda Uelbek "Arsenal" tarkibida 14 o'yinda qatnashdi va 5 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror