"Arsenal" himoyachisi uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
31 dek 2020, 20:59
"Arsenal" himoyachisi Kalum Chambers mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, futbolchi dushanba kuni tibbiy testlardan o'tgan. Uning tizza suyuklarini bog'lab turuvchi bog'lamlar shikastlangan bo'lishi kutilmoqda. Shu boisdan aytish mumkinki, u katta ehtimol bilan ushbu mavsumda o'yinlarda boshqa qatnashmaydi.

Futbolchi APLning 19-turi doirasida "Chelsi"ga qarshi o'yinda jarohatlangandi. Ayni damda "kanonirlar" rahbariyati futbolchining o'rniga boshqa himoyachi izlashga kirishib ketishgan.

Ertaga, 1 yanvar kunida "Arsenal" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail