"Arsenal" himoyachisi Timber uzoq muddatga safdan chiqdi. Klub buni rasman tasdiqladi

Administrator
16 avg 2023
Futbolchi "Nottingem"ga qarshi uchrashuvda jarohatlangandi.

"Arsenal" klubi himoyachisi Yurrien Timber o'ng tizzasining xochsimon bog'lami shikastlangani sabab uzoq muddatga safdan chiqdi. Klub bergan bayonotga ko'ra, futbolchi tez orada operaciya qilinadi. 

Ma'lumot uchun, Timber APL birinchi turidan o'rin olgan "Nottengem"ga qarshi uchrashuvda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.

London klubi himoyachi bilan iyul oyida shartnoma imzolagandi. Transfer narzi 40+5 mln evroni tashkil qilgan.


AdministratorMuallif
Manba: arsenal.com