"Arsenal" futbolchisi "Lacio"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
21 iyul 2018, 12:10
"Arsenal" hujumchisi Lukas Peres "Lacio" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, Unai Emeri ispaniyalik futbolchini yangi mavsumda o'z rejalariga kiritmagan va jamoadan ketishiga qarshi emas. O'tgan mavsumni u ijarada o'tkazdi.

Hujumchi 15 mln evroga baholanmoqda. "Lacio" yaqin vaqtlarda Peresni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato