Arsenal muxlislari uchun noxush xabar. Jamoa yetakchisi jarohat oldi

Khoja
22 mar 2024, 09:50
Arsenal yetakchisi Saka jarohat sababli Angliya terma jamoasining qarorgohini tark etdi.

FAni ma'lum qilishicha, Saka terma jamoa ixtiyoriga jarohat bilan kelgan.Futbolchi terma jamoa safida umumiy mashg'ulotlarda ishtirok etmasdan, ortga qaytgan.

Hozircha futbolchining jarohati haqida aniq ma'lumot yo'q, biroq to'pchilar 10 kundan so'ng Man Sitiga qarshi bahs olib borishi lozim.

Eslatib o'tamiz, Saka joriy mavsum barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 16 ta gol va 15 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru