"Arsenal" eronlik hujumchiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2022, 16:29
Londonning "Arsenal" klubi "Portu" hujumchisi Mexdi Taremi bilan bitim tuzishga urinib ko'radi.

30 yoshli eronlik forvard ushbu mavsum 11 ta o'yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 6 ta assist qayd etdi. Eron terma jamoasi a'zosi 2022 yilgi Qatarda bo'lib o'tadigan mundialdan so'ng jamoasini almashtirish niyatida. Uni tarkibiga qo'shib olishni istaydiganlar orasida yana bir ingliz klubi "Chelsi" ham bor.

Taremi "Portu" safiga 2020 yilda 5 mln evro evaziga "Riu Ave"dan xarid qilingan edi. 

Transfermarkt portaliga ko'ra, hujum chizig'i vakilining ayni paytdagi transfer narxi 20 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: A Bola