"Arsenal" Diego Kosta, Jeko, Mandjukich va Pishchekka qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
6 fev 2014, 13:39
"Arsenal" yozda kamida uchta top darajadagi futbolchini sotib olmoqchi.
London klubi o'ng qanot himoyachisi, markaziy yarim himoyachi va hujumchi sotib olishni maqsad qilgan, bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Kanonirlarning ro'yxatida Diego Kosta ("Atletiko"), Edin Jeko ("Manchester Siti"), Mario Mandjukich ("Bavariya"), Jekson Martines ("Portu") va Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Lukash Pishchek bor.

Bundan tashqari, "Arsenal" yana "Shalke-04" yarim himoyachisi Yulian Draksler transferiga yana qaytishi mumkin.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru