"Arsenal" Devidning agenti bilan muzokaralar olib bordi

Alisher
15 apr 2022, 16:28
"Arsenal" "Lill" hujumchisi Jonatan Devidning agenti bilan muzokaralar olib bordi.

London klubi jamoani kuchaytirish uchun forvard izlamoqda va u yozda jamoadan ketadigan Aleksandr Lyakazettni almashtirishi kerak.

"Arsenal" sport direktori Edu Devidning vakillari bilan muzokara olib bordi. Muzokaralar natijasi hali ma'lum qilinmadi.

Futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi. Uning "Lill" bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football.London