Angliya. London derbisida jangovor durang

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2018, 00:45
APL 22-turidan o'rin olgan "Arsenal" - "Chelsi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

London derbisidagi barcha e'tiborga molik vaziyatlar ikkinchi taymda sodir bo'ldi. Dastlab mezbonlar vakili Jek Uilshir hisobni ochdi. 4 daqiqa o'tgach Eden Azar muvozanatni tikladi.

84-daqiqada "Chelsi"ning to'purar himoyachisi Markos Alonso gol urdi. Ko'pchilik mezbonlarning mag'lubiyatini kutayotgan bir paytda, "kanonirlar"ning himoyachisi Ektor Belerin to'p kiritib bahsning yakuniy natijasini o'rnatdi - 2:2.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia