"Arsenal" APLda birinchi bo'lib mashg'ulotlarni boshlab yubordi

Alisher
27 apr 2020, 18:20
"Arsenal" 47 kundan beri APLda mashg'ulotlarni boshlagan ilk klub bo'ldi.

Londonliklarga mashg'ulotda gaplashish taqiqlandi. Bundan tashqari, faqat 5 nafar futbolchi bir vaqtda mashg'ulot olib borishi mumkin, shunda ham masofalarni saqlagan holda.

Murabbiylar shtabi ulardan uzoq masofada bo'ladi. Xodimlar ham o'yinchilar bilan aloqa qilmaydi. Har bir futbolchi alohida dush xonasidan foydalanadi.

Angliyada hali mavsumning aniq boshlanish sanasi yo'q. Musobaqaning iyunda davom ettirilishi taxmin qilinmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: dailymail.co.uk