"Arsenal" 20 yoshli futbolchi uchun 53 million funt to'lamoqchi

Alisher
3 okt 2019, 16:54
"Arsenal" "RB Leyptsig" himoyachisi Dayo Upamekanoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

London klubi fransiyalik futbolchini sotib olishga yana bir bor urinib ko'radi. "Arsenal" futbolchi uchun 53 million funt taklif qiladi.

20 yoshli Upamekano joriy mavsum Bundesliga doirasida 2ta o'yinda maydonga tushgan.

Futbolchi Fransiyaning "Valansen" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U faoliyati davomida "RB Leyptsig"dan tashqari "Zalcburg" va "Lifering" klublari sharafini himoya qilgan.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports