Arsen Venger: "Sanches bizning o'yinimizga rang-baranglik qo'shadi"

11 iyul 2014, 01:32
Londonning "Arsenal" jamoasi ustozi Arsen Venger klubning yangi futbolchisi Aleksis Sanches borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Aleksis Sanches mundialda qanday o'yinchi ekanligini isbotladi. Bu futbolchini bir so'z bilan fantastik o'yinchi deb atagan bo'lardim. Sanches bizga yangi quvvat, o'yinimizga rang-baranglik qo'shadi. Ko'p yillardan buyon bu futbolchi muntazam tarzda yaxshi o'yin ko'rsatib kelmoqda. Bu transfer muxlislarimiz va menga juda maqul keldi deb ayta olaman.


Manba: soccer.ru