Arsen Venger: "Arsenal" Mertesaker bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi"
Narzulla Saydullayev
22 noya 2013, 16:30
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger londonliklar Per Mertesaker shartnomasini uzaytirish borasida ish olib borayotganliklarini ma'lum qildi.
"Biz ayni vaqtda shartnomani uzaytirish jarayonini boshlab yuborganmiz. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi bir yarim yildan keyin nihoyasiga etadi. Shunday ekan, bizda hali bu ish uchun etarlicha vaqt bor", dedi Venger.