

London klubi matbuot xizmati ispaniyalik posbon Robert Sanchesning "Chelsi"da 1-raqam ostida harakatlanishini ma'lum qildi.
25 yoshli futbolchi yozda "Brayton"dan "ko'klar" safiga o'tgandi. Transferdan so'ng darvozabon 31-raqamli libosni tanladi, ammo Kepa Arrisabalaga "Real Madrid"ga o'tganidan keyin Sanches hamkasbining raqamini olishga qaror qildi.
Angliya Premer-ligasining 1-turida “Chelsi” “Liverpul” bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. “Aristokratlar” 20 avgust kuni “Vest Xem”ga qarshi bahs olib boradi.



