"Arqadag'" klubining rasmiy logotipi tasdiqlandi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2023
Turkmanistonning "Arqadag'" klubi rasmiy logotipi tasdiqlandi.

Bu haqda "Arqadag'" gazetasi xabar berdi.

Avvalroq Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov jamoa logotipi bilan tanishgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Arqadag'" futbol klubi shu yilning aprel oyida tashkil etilgan bo'lib, shu paytga qadar o'tkazilgan o'yinlarda 100 foizlik natija qayd etmoqda.

Jumladan, Turkmaniston chempionatida 18 ta o'yinda 18 ta g'alaba qayd etgan klub yaqinda mamlakat kubogi finali yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Арқадағ" газетаси