Arda Gyuler bu yil "Real" tarkibida o'ynamaydi, klub shoshilmayapti

Aziz Tukhtamuradov
16 dek 2023, 08:29
"Real" futbolchisi Arda Gyuler katta ehtimol 2023 yilda maydonga qaytmaydi.

Futbolchi 17 dekabr kuni "Vilyarreal", 21 dekabr kuni esa "Alaves"ga qarshi bo'ladigan o'yinlarda maydonga tushishi ehtimoli kam. Klubda uning yaxshilab tiklanib olishiga halal berishmoqchi emas va 2024 yilning yanvariga qadar vaqt beriladi. 

Turkiyalik futbolchi "Real"ga o'tganidan buyon hali maydonga tushgani yo'q. 

U "Fenerbaxche"dan "Qirollik klubi" safiga kelib qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS