

Jarrohlik amaliyoti Finlyandiyada jarroh Lasse Lempaynen tomonidan o'tkazildi. "Ko'k-anorranglilar" vakillari jarayon davomida futbolchi bilan birga bo'lishdi.
23 yoshli markaziy himoyachi Urugvayning Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi (0:1).
Ma'lumotlarga qaraganda, Arauxo safga qaytishi uchun taxminan 3 oy vaqt kerak bo'ladi.
Shunday qilib, Arauxoning 20 noyabr kuni start oladigan JCH-2022da ishtirok etish ehtimoli juda past, ammo futbolchi musobaqagacha safga qaytish yo'lida qo'lidan kelgan barcha ishni qiladi.



