Arauxo: "Barselona" uchun barcha o'yinlar - final"

Aziz Tukhtamuradov
23 apr 2021, 10:00
"Barselona" futbolchisi Ronald Arauxo "Xetafe"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ikkinchi bo'limda oson bo'lmadi, o'yinni yaxshiroq va qulayroq tarzda tugatishimiz mumkin edi. Qolgan o'yinlarning barchasi - biz uchun final. Raqiblar ham bor kuchi bilan o'ynaydi. 

Messi bilan burchak zarbalari paytidagi harakatni muhokama qilamiz. Unga to'pni ma'lum zonaga etkazib berishini aytaman. Men bunday paytlarda jamoaga yordam berish uchun etarli bo'yga egaman. Ikkita gol ham kirita oldim. 

Biz g'alaba qozondim va shu eng muhimi", - dedi Arauxo. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca