

Kecha musobaqa doirasida yarim final bahslari o'tkazilgan.
Dastlabki yarim finalda Tunis so'nggi daqiqalardagi avtogol evaziga Misrni mag'lubiyatga uchratdi.
Tunis - Misr 1:0
Gol: El Solia 90+5 (avtogol)
Ikkinchi yarim finalda esa Qatar Jazoirga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Qatar - Jazoir 1:2
Gollar: Benayada 59, Muntari 90+7, Belaili (90+7).
Endi 18 dekabr kuni avvaliga Misr va Qatar terma jamoalari uchinchi o'rin uchun bahs yuritishadi. Keyin esa finalda Tunis va Jazoir terma jamoalar musobaqa g'olibi nomiga aniqlik kiritib berishadi.



