APLning ushbu mavsumdagi eng yaxshi yosh o'yinchisi aniqlandi

Administrator
18 may 2024, 00:25
Angliyada mavsumning eng yaxshi yosh o'yinchisi aniqlandi.

Angliya premer ligasining ushbu mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb "Chelsi" futbolchisi Koul Palmer topildi. Palmer maxsus so'rovnomada barchadan ko'proq ovoz to'plab, g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Ushbu sovrin uchun Filip Foden, Erling Xoland (Manchester Siti), Aleksander Isak (Nyukasl), Kobbi Maynu (Manchester Yunayted), Bukayo Saka, Vilyam Saliba (Arsenal) va Destini Udodji (Tottenxem) nomzodlari ham kurash olib borishgandi.

Ma'lumot uchun, Palmer ushbu mavsum APLdagi 33 o'yinda 22 ta gol urib, "Chelsi" to'purari bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: www.premierleague.com