APLning uch klubi MYU darvozaboniga da'vogar

Aslanov Jasurbek
26 dek 2017, 11:16
"Manchester Yunayted" klubi qishki transfer oynasida ijara asosida "Aston Villa" sharafini himoya qilayotgan jamoa darvozaboni Sem Jonston bilan xayrlashishga tayyor.

Mankunianlar 24 yoshli posbonni 5 mln. funtga baholashdi.

Jonstonga "Vest Xem", "Vest Bromvich" va "Kristal Pelas" da'vogarlik qilmoqda. "Aston Villa" darvozabonni o'zida saqlab qolmoqchi, biroq feyr-pley qoidalarini buzmasliklari uchun kimnidir sotishlari kerak.

Joriy mavsum Jonston Chempionshipning 23ta uchrashuvida maydonga tushib, 22ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail