APLning uch klubi Mertens uchun kurashmoqda

Alisher
11 fev 2020, 14:04
"Napoli" hujumchisi Dris Mertens Italiya klubidan ketishga yaqin.

Angliyaning "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Chelsi" klublari o'yinchi uchun raqobatlashmoqda va Mertnesni yozda erkin agent maqomida o'z tarkibiga jalb qilishmoqchi.

Belgiya terma jamoasi forvardining "Napoli" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

32 yoshli futbolchi joriy mavsum Italiya A Seriyasida 18ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etgan.


Saytimizning Angliya futboliga bag'ishlangan sahifasiga obuna bo'ling: >>> angliyafutboli <<<

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail