APLning ikki klubi Raboning onasi bilan muzokaralar olib bormoqda

Mirjalol Normatov
5 iyun 2022, 13:27
"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, agentlik vazifasini bajarayotgan Adrienning onasi bilan "Manchester Yunayted" hamda "Nyukasl" klublari muzokaralar olib bormoqda. "Yuve" o'z futbolchisini kamida 15 million evroga sotmoqchi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma yana bir mavsum amal qiladi.

O'tgan mavsumda fransiyalik futbolchi 32 o'yinda qatnashib, 2 golli pas amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira