APLning ikki klubi Dembelega da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
30 dek 2021, 20:45
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabar qilishicha, APLning ikki klubi (taxminlarga qaraganda, "Nyukasl" va MYU) 24 yoshli fransiyalik futbolchini kelasi yozda erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Qayd etilishicha, ular hujumchiga kerakli miqdordagi maoshni to'lay olishadi.

Avvalroq "Barselona" va Usmon Dembele 2022 yilning yoziga qadar hisoblangan amaldagi shartnomani uzaytirmasligi malum bo'lgandi.

Usmon joriy mavsumda Ispaniya chempionatining 5 o'yinida qatnashib, gol urmadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano