APLda kutilgan iste'fo ro'y berdi

Mirjalol Normatov
1 dek 2019, 19:16
"Uotford" rahbariyati Kike Sanches Floresni iste'foga chiqardi.

"Kike - yaxshi inson. U jamoaga yordam berishga qattiq harakat qildi. Biroq natijalar unchalik yoqimli bo'lmagani uchun iste'foga chiqarildi", - dedi klub ijrochi direktori.

Hozircha jamoaning yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi aniq emas.

54 yoshli murabbiy qo'l ostida jamoa 11 o'yinda 2 g'alaba, 3 durang va 6 mag'lubiyat qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal