APL. Yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi ma'lum bo'ldi

Alisher
7 fev 2020, 17:37
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning yanvar oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Jamoa uning qo'l ostida barcha, 5ta o'yinda g'olib bo'ldi. Germaniyalik mutaxassis ushbu sovrinni bir mavsumda beshinchi bor qo'lga kiritgan holda liga rekordini o'rnatdi. Bungacha eng yaxshi ko'rsatkich Xosep Gvardiolaga tegishli edi. Ispaniyalik mutaxassis ushbu sovrinni 2017/18 yilgi mavsumda 4 bor qo'lga kiritgan.

Sovrin Klopp uchun faoliyatidagi sakkizinchisi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/premierleague