APL tarixidagi eng tezkor gol muallifi jamoasi bilan yangi shartnoma imzoladi

Eldor Akmurzayev
4 iyun 2020, 19:50
“Sautgempton” hujumchi Sheyn Long bilan kelishuvni 2022 yilning yoziga qadar uzaytirdi.

Long 2014 yildan buyon mazkur klub sharafini himoya qilib kelmoqda. O'tgan mavsum irlandiyalik futbolchi “Uotford”ga qarshi bahsning 7 soniyasida hisobni ochib, musobaqa tarixidagi eng tezkor gol muallifiga aylangandi.

33 yoshli forvard joriy mavsum APLda 19 o'yin o'tkazib, 2+3 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/SouthamptonFC