APL o'yinlari va nihoyat O'zbekistonda translyatsiya qilinadimi?

Administrator
29 yanv 2025, 23:22
O'zbek telekanali Angliya premer ligasini translyatsiya qilish haqida xabar berildi.

Futbol sharxlovchisi Otabek Jo'raev o'zining telegram kanalida Zo'r TV telekanali APL o'yinlarini translyatsiyasi qilishni boshlashi haqida xabar berdi.

"Zo'r TV APL doirasidagi Abduqodir Husanov ishtirokidagi o'yinlarni namoyish etadi!

APL ning har turida Zo'r TV tomonidan ikkita  uchrashuv namoyish etiladi. Birinchi o'yin bu, tushunarli - "Man Siti" o'yini. Ikkinchisi esa Liverpul, Arsenal, Chelsi, Manchester Yunayted,  Tottenhem yoki boshqa ingliz brendi ishtirokidagi o'yin", -deb yozadi Otabek Jo'raev.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://t.me/djuraevotabek