APL. "Manchester Siti" engildi. Soldado "Tottenxem"ga yana g'alaba keltirdi

25 avg 2013, 22:13
Angliya Premer-ligasi ikkinchi turidan o'rin olgan va bugunga belgilangan ikki uchrashuv hozirgina o'z nihoyasiga etdi.
O'tgan mavsumda chempionatni ikkinchi o'rinda yakunlagan va bu mavsumdagi birinchi turdan so'ng turnir jadvali peshqadamiga aylanib olgan "Manchester Siti" Chempionshipdan Premer-ligaga endi chiqqan "Kardiff"ga mehmonda imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvdagi ilk golni "shaxarliklar" vakili Edin Jeko kiritgan bo'lsada, mezyuonlar ajoyib harakter namoyish etib, 3ta javob to'pini Jo Xart qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'yishni uddasidan chiqishdi.

O'yin asosiy vaqtining so'nggi daqiqasida Negredo kiritgan gol esa, hisob qisqarishini taminladi xolos. Shunday qilib, APL ikkinchi turidagi eng sensacion natijalardan biri qayd etildi. Umuman olganda esa, APLda bunaqasi ko'p bo'ladi. Hammasi endi boshlanyapti.

"Kardiff" – "Manchester Siti" 3:2


Gollar: 0:1 – 52 Jeko (Aguero) , 1:1 – 60 Gunnarsson, 2:1 – 79 F. Kempbell (Uittengem), 3:1 – 87 F. Kempbell (Kaui), 3:2 – 90 Negredo (Silva).

"Kardiff": Marshall, Konnolli, Kolker, Terner, Teylor, Medel, Gunnarsson, Bellami (Kaui, 83), Kim Bo Gen (Match, 90), Uittingem, F. Kempbell.

"Manchester Siti": Jo Xart, Sabaleta, Xavi Garsiya, Leskott, Klishi, Fernandino (Milner, 77), Yaya Ture, Navas (Nasri, 55), Aguero, Silva, Jeko (Negredo, 69).

"Uayt Xart Leyn"da bo'lgan uchrashuvda esa "Tottenxem"ning birinchi o'yinidagi scenari takrorlandi. Yana ikkinchi bo'limdagi raqib darvozasi tomon belgilangan penalti, yana Soldado va yana gol. Yana o'sha o'yindagi kabi hisob.

Soldado "Tottenxem" tarkibida ikki o'yinda maydonga tushdi. Ikki bor penalti tepdi va ikki golga mualliflik qildi. "Tottenxem"ga esa olti ochko olib berdi.

"Tottenxem" – "Suonsi" 1:0

Gol:
1:0 – 58, penalti Soldado.

"Tottenxem": Loris, Uoker, M. Douson, Vertongen, Rouz, Paulino, Kapu, Taunsend (Sandro, 88), Dembele (Sigurdsson, 65), Shadli, Soldado (Defo, 80).

"Suonsi": Vorm, Ranxel, Chiko, Uillyams, Devis, Kanyas, Shelvi (Boni, 69), P. Ernandes, de Guzman, Rautledj (Posuelo, 59), Michu.

Ogohlantirishlar: Devis (17), Vorm (31), Michu (40), Uillyams (73), Soldado (76).


Manba: championat.asia