

"Nyukasl" "Barselona" asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen uchun 50 million evro taklif qilmoqda, deb xabar berdi "El Nacional". Shu bilan birga, angliyalik germaniyalik darvozabonga o'zi istagan summani taqdim etishga tayyor bo'lib turibdi. Yani, ular ter Shtegenning ish haqi bo'yicha juda katta talablarini ham qondirishga tayyor.
Nemis futbolchisi 2014 yildan beri "Barselona" sharafini himoya qilib keladi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.


