APL. Ilk 2 o'yinida eng ko'p gol urgan futbolchilar

19 avg 2019, 19:15
APL tarixida dastlabki ikki o'yinida qaysi futbolchi ko'proq gol urgani haqida ma'lumot e'lon qilindi.

Bu borada Teemu Pukki birinchi o'rinda. Finlyandiyalik 29 yoshli hujumchi joriy mavsumda APLda debyut uchrashuvlarini o'tkazdi. Birinchi turda "Liverpul" darvozasini bir bor ishg'ol qilgan Pukki, ikkinchi turda "Nyukasl" darvozaboni Dubravkani 3 marta ranjitdi. 


APLda dastlabki 2 o'yindan so'ng eng ko'p gol urgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.


1. Teemu Pukki ("Norvich") - 4 ta gol

2. Alan Shirer ("Sautgempton") - 3 ta gol

    Yurgen Klinsmann ("Tottenxem") - 3 ta gol

    Fabricio Ravanelli ("Midlsbro") - 3 ta gol

    Milan Barosh ("Liverpul") - 3 ta gol

    Zlatan Ibragimovich ("Manchester Yunayted") - 3 ta gol

    Yana 11 ta futbolchi... - 3 ta gol

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/GracenoteLive