APL. Turning markaziy uchrashuvida hisob ochilmadi

Eldor Akmurzayev
29 noya 2020, 23:25
Angliya chempionati 10-turidan o'rin olgan “London derbisi” 21:30 da boshlanadi va saytimiz orqali matnli translyatsiya qilinadi.

"Chelsi" – "Tottenxem" 0:0

21.30, Stemford Brij

"Chelsi" – Mendi, Chiluell, Zuma, Jeyms, Tiago Silva, Maunt, Kante, Kovachich, Ziesh, Abraxam, Verner.

"Tottenxem" – Loris, Regilon, Ore, Rodon, Dayer, Xeyberg, Sissoko, Bergveyn, Ndombele, Son Xyon Min, Keyn.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi.

90+2. O'zgarish. Son Xyon Min maydonni tark etmoqda, uning o'rnida Moura harakat qiladi

Hakam ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi

89. O'zgarish. Ben Devis Stiven Bergveynning o'rniga maydonga tushdi

89. Ogohlantirish. Regilon Kovachichga qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi

83. O'zgarish. Kay Xaverc Hakim Zieshning o'rniga maydonga tushdi

81. ZARBAAAAA. Maunt jarima maydonchasining tashqarisidan kuchli va aniq zarba yo'lladi, biroq mehmonlar darvozaboni o'z o'rnida

79. O'zgarish. Abraxam jarohat olib maydonni tark etdi, endi uchrashuvni Jiru davom ettiradi.

76. Ogohlantirish. Maunt hakam tomonidan ogohlantirildi

74. O'zgarish. Chelsi safida harakat qilgan Vernerning o'rniga Pulishich maydonga tushdi

67. ZARBAAAA. Ziesh jarima maydonchasining ichida kuchli zarba yo'lladi, biroq noaniq 

65. O'zgarish: Tangi Ndombele o'rniga maydonga Jovani Lo Chelso maydonga tushmoqda 

58. ZARBAAAA. Jarima zarbasidan oshirilgan to'pni Chiluell boshi bilan zarba yo'lladi, biroq to'p himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi

55. Ogohlantirish. Ikkinchi bo'limda sariq kartochkalar ko'payib ketmoqda. Bu safar Zuma hakam tomonidan ogohlantirildi

53. Ogohlantirish. Jeyms raqibini yuziga urib yubordi va ogohlantirildi

50. Ogohlantirish. Bergveyn hakam tomonidan ogohlantirildi

48. UXXXX. Jeyms qanotda himoyachilardan qochib ketdi va ajoyib uzatmani amalga oshirdi, biroq Abraxam to'pga biroz yetib kela olmadi

Ikkinchi bo'lim boshlandi 

Birinchi bo'lim yakunlandi

Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi

38. ZARBAAAA. Abraxam ajoyib tarzda zarba yo'lladi, biroq noaniq

36. Mezbonlar burchak zarbasini amalga oshirdi, biroq himoyachiar o'z o'rnida

30. ZARBAAA. Keyn jarima zarbasidan tepgan to'pi, ancha noaniq

29. Ogohlantirish. Ziesh uchrashuvdagi ilk sariq kartochkani oldi

28. ZARBAAAA. Maunt jarima maydonchasiga kirmasdan zarba yo'lladi, biroq biroz noaniq

25. Chelsi futbolchilari hujum qilishga harakat qilishmoqda, biroq hozircha barchasi befoyda

15. UXXXXXX. Orening aniq va kuchli zarbasini Mendi bartaraf etdi

14. Keynga yaxshi uzatma amalga oshirildgandi, biroq mezbonlar sardori Silva burchakka chiqarib yubordi

11. GOOOOOOOOL. Verner ajoyib gol urdi, biroq germaniyalik o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan

9. ZARBAAAAAA. Keyn Bergveynga ajoyib uzatma qildi, biroq niderlandiyalikning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi

5. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida ham ikki jamoa ham bir birini o'rganish bilan band bo'lmoqda

Uchrashuv boshlandi!


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia